Farhod Bekmurodov: G‘alabaga teng durang bo‘ldi

  • 26 iyun, 2020, 23:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” klubi ushbu turda Jizzaxda “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs olib bordi. Garchi bu safar ham andijonliklar g‘alaba qozona olishmagan bo‘lsa-da, ammo yutqazishgani ham yo‘q.

Tecno

Aslida esa “So‘g‘diyona” g‘alabaga juda yaqin kelgandi. Biroq hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada “Andijon” jamoasining sardori Farhod Bekmurodovning kiritgan chiroyli goli evaziga mehmonlar mag‘lubiyatdan qutulib qoldilar. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan Bekmurodov esa Sports.uz uchun o‘z taassurotlarini quyidagicha bildirdi.

- O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Bugun bizga ochko juda kerak edi. Pandemiyadan keyin ikkita uchrashuvda yaxshi o‘ynay olmadik va muxlislarimizni ham xursand qila olmagandik.

To‘g‘risi, g‘alabaga teng durang bo‘ldi deb o‘ylayman. Kiritgan golimga kelsak, gapning ochig‘i, bu vaziyatda tavakkal zarba yo‘llagandim. Shu bois gol bo‘lishini kutmagandim. Rahbarlarimiz va ishqibozlarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi, - dedi Farhod.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” klubi navbatdagi turni 1 iyul kuni o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!