Farruh Sayfiev, Abror Ismoilov, Sherzod A’zamov va Dragan Cheran "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • 26 noyabr, 2021, 12:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing oxirgi tur o‘yinida "Paxtakor" Toshkent derbisida yana bir bor "Bunyodkor" bilan to‘qnash keladi.

“Bunyodkor” bilan kechadigan derbilar hamisha keskin to‘qnashuvlarga boy tarzda o‘tadi. Hozirgacha o‘tkazilgan 31 bellashuvning 12tasida "sherlar" g‘olib bo‘lishgan. 9 bahsda durang va 10 o‘yinda raqib g‘alabasi kuzatilgan. "Paxtakor" 39 to‘p kiritib, 33 gol o‘tkazib yuborgan. Jamoalar o‘rtasidagi eng yirik natija 2020 yilning birinchi davrasida kuzatilib, unda "Paxtakor" 5:0 hisobida yutuqqa erishgan.

"Bunyodkor" maydonida kechgan bellashuvlarda "sherlar" 4 g‘alaba, 3 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. Mezbonlar 26 to‘p kiritgan va mehmonlar 17 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Navbatdagi derbini "Paxtakor"dan diskvalifikatsiya sababli Farruh Sayfiev, Abror Ismoilov, Sherzod A’zamov va Dragan Cheran o‘tkazib yuboradi. "Bunyodkor" safida bunday yo‘qotish mavjud emas.

"Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 27 noyabr, shanba kuni soat 15:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!