Fati muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Shifokorlar uning qachon sog‘ayishini ma’lum qildi
"Barselona" hujumchisi Anssumane Fati jarohat olgan tizzasidan muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, hujumchi tez orada davolanish kurslarini boshlaydi. Shifokorlarning aytishicha, 18 yoshli ispaniyalik futbolchi 4 oydan so‘ng maydonga qaytishi mumkin.
“Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblangan Fati shu kungacha asosiy jamoada 43 ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 13 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar