Fayzullaev BAA va Turkiyaga borishi kutilyapti

  • 09.12.2024 20:33
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol

TsSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullaev jamoasi bilan kishki yig‘inni qaerda olib borishi ma’lum. 

"Armiyachilar" matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, jamoa 13 yanvardan 23 yanvarga qadar BAA poytaxti Abu-Dabida bo‘ladi. Biroz tanaffusdan so‘ng, aniqrog‘i 27 yanvardan boshlab to 11 fevralgacha ular aynan shu shaharda yig‘inning ikkinchi qismini o‘tkazadi. 

Bundan tashqari, Moskva klubi 2 fevraldan 23 fevralga qadar Turkiyaning Belek shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettiradi. 

Qayd etish lozim, legionerimizga "Monako" hamda "Real Sosedad" jamoalari qiziqish bildirmoqda. U qishda klubni tark etish ehtimoli past. Biroq yozda hamyurtimiz Evropaning ko‘zga ko‘ringan klublaridan biriga ko‘chib o‘tishi mumkin. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
09/12/2024 21:23
Сарлавханга отни култиги