Fayzullaev muxlislariga xushxabar!

  • 9 iyul, 2024, 23:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropaning aksariyat ligalarida chempionatlar yakunlangan va mutaxassislar mavsumni tahlil qilish bilan band.

Rossiyaning eng nufuzli nashrlaridan biri – “Chempionat” Premer-liga klublari bosh murabbiylari va sardorlari ishtirokida so‘rovnoma tashkil qilib, mavsumning eng kuchli yosh futbolchilarini aniqladi.

Ushbu nominatsiya bo‘yicha sovringa 21 yosh va undan kichik futbolchilar da’vogarlik qildi. Qoidaga ko‘ra, chempionat boshlangan davrda o‘yinchining yoshi 21 dan oshmagan bo‘lishi kerak. Mavsum davomida yoshi 22 ga etgan o‘yinchilar ham da’vogarlar safiga kiritiladi.

So‘rovnomada ishtirok etgan murabbiy va sardorlar o‘zlari eng kuchli deb bilgan yosh futbolchilarni beshta o‘ringa taqsimlab chiqishdi.

Birinchi o‘ringa – 6 ball;

Ikkinchi o‘ringa – 4 ball;

Uchinchi o‘ringa  – 3 ball;

To‘rtinchi o‘ringa  – 2 ball;

Beshinchi o‘ringa –  1 ball berildi.

Premer-liga jamoalari sardorlari tanlagan kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish oldi.

Premer-liga jamoalari bosh murabbiylari tanlagan kuchli beshlik quyidagicha ko‘rinish oldi.

So‘rovnoma yakuniga ko‘ra, TsSKAdagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaev jami 39 ball bilan kuchli uchlikdan joy oldi.

G‘oliblik “Dinamo” (Moskva) hujumchisi Konstantin Tyukavinga nasib qildi. Ikkinchi o‘rin mavsumni “Krilya Sovetov”da o‘tkazib, yozda “Lokomotiv”ga ko‘chiyu o‘tgan Nikita Saltikovga nasib qildi.

Reytingdan o‘rin olgan futbolchilar o‘zlarining kumirlari haqidagi savollarga javob berdi. Abbosbek Fayzullaev quyidagicha fikr bildirdi.

Bolaligimdan “Barselona”  va Messining o‘yinlarini tomosha qilardim, menga Lioneltning o‘yinini, maydonni ko‘rishini, raqiblarini aldab o‘tishini kuzatish juda yoqardi. Messi futboldagi kumirim edi.

Menda Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Fernando Torresning futbolkalari bor. Lekin har doim Evropa top-klubida o‘z familiyam ko‘rsatilgan futbolka kiyishni istaganman. Men kimgadir o‘xshashni xohlamayman.  

Lekin top darajadagi o‘yinchilarni kuzatib, ulardan har doim nimalarnidir o‘rganam, ba’zan ularning fintlari va harakatlarini o‘yinlarda qo‘llab-ko‘rishga urinaman, - dedi Abbosbek Fayzullaev.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor”dan Moskvaning TsSKA klubiga o‘tgan yili avgustda 500 ming evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. 20 yoshli futbolchi qisqa fursatda “armiyachilar”ning asosiy o‘yinchisiga aylandi. Mavsumda davomida eng ko‘p gol urgan jamoaning aksariyat hujumchilari aynan o‘zbek legioneri orqali tashkil etildi.

Abbos legioner maqomidagi dastlabki mavsumidayoq Rossiya Premer-ligasining asosiy kashfiyoti bo‘ldi.

Fayzullaev chempionatda 22 ta bahsda “Rostov”, “Dinamo Moskva”, “Fakel” va “Rubin” darvozalariga jami to‘rtta gol kiritdi va jamoadoshlariga o‘n bitta golli pas uzatdi.

Iste’dodli hujumkor futbolchimiz Rossiya kubogi musobaqasida 10 marotaba maydonga tushib, “Baltika” darvozasini ishg‘ol qildi va yana uchta golli pas bilan jamoasini finalga chiqishiga yordam berdi.

Bir mavsum davomida Abbosbek Fayzullaevning transfer narxi bir necha baravar ko‘tarilib, bugungi kunda 6 million evroni tashkil qilmoqda. Bu borada hamyurtimiz Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi.

PSJ futbolchisi Fayzullaevni 2-o‘ringa qo‘ydi

 

Braziliyalik futbolchi Fayzullaevning imkoniyatlariga baho berdi!

 

Fayzullaevni superklubga tavsiya qilishdi

 

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

 

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ali76767676
08/07/2024 21:35
Яна Пахтакорни кушишибди. Булди унутларинг Пахтакорлайвермасдан Узбек футболчиси деса тугри буларди. Качон Файзуллаев тугрисида езилса Пахтакор Пахтакор. Масалан уй сотиб олсанг мани уйим дейсанми еки аввалги эгасиники дейсанми булдида энди. Пахтакор Файзуллаевни сотиб пулни еб булди. Тугадида булди Пахакорни кушавермаларинг Файзуллаев тугрисида гап кетаетганда. (Эслатиб ўтамиз, Аббосбек Файзуллаев “Пахтакор”дан Москванинг ЦСКА клубига ўтган йили августда 500 минг евро эвазига кўчиб ўтган эди) Кейин кучиб утмаган сотилган дейилади. Файзуллаев тугрисида езаетган Журналистлар каерда журналистикага укиган булсанг кайтадан укиларинг бундан ташкари Фаросат илмини хам урганларинг.
Ishoq Ruziev
09/07/2024 12:06
Global muammoni olib chiqibsz
Ko'pchilik xorazm, aral yo zomindan chiqgan b6lsa kerak deb 6ylashadi