Fayzullaevni “Yuventus”ga tavsiya qilishdi

  • 7 iyul, 2024, 22:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA klubi “Birodarlik kubogi” turnirining ilk turida Serbiyaning OFK jamoasini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Musobaqaning ilk golini Abbosbek Fayzullaev kiritdi. 

O‘yindan keyin Serbiya futbolining eng mashhur vakillaridan biri Milosh Krasich “armiyachilar” safidagi o‘zbek legionerining mahoratini alohida e’tirof etdi.

- “Yuventus”ga TsSKAdan qaysi futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni tavsiya qilgan bo‘lardim? “Yuventus” juda katta klub, u erda o‘ynash uchun ko‘p mehnat qilish talab etiladi.

TsSKAda iqtidorli o‘yinchilar ko‘p, lekin menga Abbosbek Fayzullaev juda yoqadi. Uning kelajagi porloq ekaniga shubham yo‘q.

Shuningdek, Fyodor Chalov ham kelajakda “Yuvetus”ga o‘tishi mumkin. Imkoniyat katta va bu sodir bo‘lishi mumkin, - dedi Milosh Krasich.

Serbiyaning “Voyvodina” klubi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Milosh Krasich Evropaning kuchli ligalaridagi yurishini aynan Moskvaning TsSKA klubidan boshlagan.

Bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladigan hujumkor futbolchi “armiyachilar” safida olti yil to‘p tepganidan keyin Turinga yo‘l oldi. “Yuventus” 2010 yili Milosh Krasichni 15 million evroga transfer qildi.

A Seriya grandi safida ikki yil o‘ynagan serbiyalik yulduz keyinchalik Turkiyada “Fenerbahche”, Frantsiyada “Bastiya”, Polshada “Lexiya Gdansk” jamoalari sharafini himoya qilib, professional faoliyatini 2018 yili yakunladi.

Milosh Krasich klublar miqyosida jami 415 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 52 marotaba ishg‘ol qilgan va jamoadoshlariga 61 ta golli pas uzatgan. Tajribali charm to‘p ustasi Serbiya terma jamoasida 46 ta bahsda o‘z hisobiga uchta gol yozdirib qo‘ygan.

Krasich ikki karra Rossiya chempioni, to‘rt marotabadan mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi, UEFA kubogi g‘olibi bo‘lgan. “Yuventus” tarkibida Italiya chempionligiga sazovor bo‘lgan. “Fenerbahche” bilan Turkiya kubogida muvaffaqiyat qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hamyurtimiz ham legioner sifatidagi faoliyatini TsSKAda boshladi.

O‘tgan yili avgustda “armiyachilar” safiga ko‘chib o‘tgan 20 yoshli hujumkor futbolchimiz Rossiyadagi debyut mavsumida 32 ta uchrashuvda beshta gol va 14 ta assist muallifi bo‘ldi.

Rossiyada mavsumning asosiy kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan legionerimizning transfer summasi bir mavsumda bir necha baravar ko‘tarilib, ayni paytda 6 million evroga baholanmoqda.

Fayzullaev transfer summasi masalasida Eldor Shomurodov va Baxtiyor Zaynutdinovni ortda  qoldirib, Markaziy Osiyo mintaqasining eng qimmatbaho o‘yinchisiga aylandi.

Fayzullaev Evropaning top-klublarida o‘ynay oladi!

Xaridor Shomurodovni olish bo‘yicha aniq reja tuzib qo‘ydi

TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?
Fayzullaev qo‘ldan chiqyapti yoxud Abbosbek va “Vilyarreal” masalasiga Italiyadan qanday munosabat bo‘ldi?

O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...

“Real”ga gol urgan Yaxshiboevni Evropa maydonlarida kutishyapti

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Negmat Negmatov
06/07/2024 09:33
Бир заголовка куйясизларки темага тугри кемайди, интервью булса, бу дегани Ювентусга тавсия деганимас хурматли журналист - блогер . Просто сухбат.
Pardayev Shavkat
06/07/2024 09:53
"Ўтган йили августда “армиячилар” сафига кўчиб ўтган 20 ёшли ҳужумкор футболчимиз Россиядаги дебют мавсумида 32 та учрашувда бешта гол ва 14 та ассист муаллифи бўлди.

Россияда мавсумнинг асосий кашфиёти сифатида эътироф этилган легионеримизнинг трансфер суммаси бир мавсумда бир неча баравар кўтарилиб, айни пайтда 6 миллион еврога баҳоланмоқда". Аббос ҳақида мингта хабар ёки мақола чиққан бўлса, шу "абзац"лар ҳаммасида бор. Меҳнат сарф қилиб ўтиришмайди "шоввоз"лар. Кўчириб қўя қолишади. (Танбаллик демайин, оғир ботиши мумкин,) Дангасаликнинг энг юқори даражаси намунаси.