
TsSKA Fayzullaevning ketishiga ruxsat beradimi?
Tez orada Frantsiya poytaxti Parij shahrida boshlanadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari o‘zbekistonlik sport ishqibozlari uchun alohida ahamiyat kasb o‘tadi.
Sababi – o‘zbek futbolchilari ilk bor sport olamining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan. Olimpiya o‘yinlari futbolchilar uchun o‘z iqtidorini namoyish qilish imkonini beradigan, ko‘plab skautlar, murabbiylar, mutaxassislar kuzatadigan yirik musobaqa va ko‘rik maydoni vazifasini o‘taydi.
Timur Kopadze boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni egallab, o‘zbek futboli tarixida ilk bor Olimpiadada qatnashadigan bo‘ldi.
Parijga boradiganlar ro‘yxatiga Abbosbek Fayzullaev ham kiritilgan. 20 yoshli hujumkor futbolchimiz Qatardagi Osiyo kubogining eng muhim o‘yinlarida ishtirok etib, terma jamoaning umumiy muvaffaqiyatiga katta hichcha qo‘shgandi. Biroq, o‘sha payt Rossiya Premer-ligasining muhim uchrashuvlarida TsSKAga yordam bera olmagani “armiyachilar”ning muxlislariga yoqmagan edi.
Hozir ham, Parij Olimpiadasi Rossiya Premer-ligasi boshlangan davrga to‘g‘ri kelib qoladigan bo‘ldi. Ko‘pchilikni TsSKA rahbariyati jamoadagi muhim figuralardan hisoblangan Abbosbek Fayzullaevni Olimpiya o‘yinlariga borishiga qanday munosabatda bo‘lishi qiziqtiradi.
TsSKAning yangi bosh murabbiyi Marko Nikolich o‘zbekistonlik futbolchi uchun o‘ta muhim hisoblangan vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.
Abbosbek Fayzullaev Olimpiadaga boradimi? Olimpiya o‘yinlari futbolchi hayotida bir martagina bo‘lishi mumkin. Mana shu mening javobim.
Hali oldinda ikki hafta vaqt bor va eng avvalo, Abbos o‘zini qanday his qilayotganiga qaraymiz. Lekin hayotda bir marotaba bo‘ladigan voqeaga otlanayotgan odamni qanday qilib to‘xtatish mumkin?, – dedi Marko Nikolich.
Parij Olimpiadasi 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Futbolchilarimiz musobaqadagi ishtirokini 24 iyul kuni Ispaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yindan boshlayli. Timur Kopadze shogirdlari 27 iyulda Misr va 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Abbosbek Fayzullaev 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoada asosiy figuralardan hisoblanadi. Legionerimiz ushbu jamoa safida 14 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.
TsSKA klubi Fayzullaevni o‘tgan yili avgustda “Paxtakor”dan olib kelgandi. Toshkent klubiga bu transfer 500 ming evroga tushgan.
Fayzullaev Rossiya Premer-ligasi va mamlakat kubogida jami 32 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 14 ta assist yozdirib qo‘ydi. Mavsum kashfiyoti nomiga sazovor bo‘lgan 20 yoshli legionerimizning transfer summasi 6 million evroga ko‘tarildi.
Bugungi kunda Abbosbek Fayzullaev Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchisi hisoblanadi. Unga Germaniya, Italiya va Ispaniya kabi kuuli ligalaridan qiziqish bo‘layotgani haqida ma’lumotlar chiqarilgan edi.
Legionerlarimizni Evropa Chempionlar ligasidan chiqarib yuborishmoqchi
O‘zbek futbolchilari Evropa Chempionlar ligasida porlashi kutilyapti...
Fikrlar