Fayzullaev va Aliqulovda pasayish, Shomurodovda esa o‘zgarish yo‘q - Turkiya Superligasi futbolchilarining narxlari yangilandi

  • 17.12.2025 21:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Turkiya Superligasi futbolchilarining narxlari yangilandi. 

"Istanbul Bashakshexir" safida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodovning narxi o‘zgarmadi - 5 million evro. Abbosbek Fayzullaevning narxi esa 1 million evroga pastlab, hozirda 7 million evroga baholanmoqda.

"Rizespor" klubi himoyachisi Husniddin Aliqulovning narxi ham 200 ming evroga pastladi va 1.5 million evroni tashkil qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!