Fayzullaev va Shomurodov gol urgan uchrashuvida nechi ballga loyiq ko‘rildi?
Xabaringiz bor, Turkiya Superligasining 14-turida Nuri Shaxin boshqaruvidagi "Istanbul Bashakshehir" safarda "Kasimpasha" bilan to‘qnash kelib, 3:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu uchrashuv davomida ikki hamyurtimiz Abbosbek Fayzullaev hamda Eldor Shomurodov 1 tadan gol urdi. Ikki vakilimizning mazkur to‘qnashuvda qo‘lga kiritgan ballari bilan tanishing.
"Fotmon" Abbosni 7.8 ballga, Eldorni esa 8.1 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Fayzullaevga 7.3 ball, Shomurodovga 7.4 ball qo‘ydi.
Bundan tashqari, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan "Flashscore" sayti 22 yoshli hujumchimizga 7.4 ball berdi. Milliy terma jamoamiz sardoriga esa 7.8 ballni loyiq ko‘rdi.
Ma’lumot o‘rnida, "Bashakshehir" navbatdagi bellashuvini 6 dekabr kuni "Fenerbaxche"ga qarshi o‘tkazadi.



Fikrlar