
Fazliddin G‘oyibnazarov Qozog‘istonda ringga ko‘tariladi yoxud uning jangi ESPN dasturidan o‘rin oladi
Rio Olimpiadasi chempioni, professional boksning super engil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin G‘oibnazarov (8-1, 5 KO)ning navbatdagi jang sanasi ham ma’lum bo‘ldi.
Bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpo‘latovning saytimizga ma’lum qilishicha, G‘oibnazarov o‘zining 10-jangini 28 mart kuni Qozog‘istonning Almati shahrida bo‘lib o‘tadigan boks oqshomida o‘tkazadi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. Mazkur boks oqshomining asosiy tashabbuskori "Top Rank" promouterlik kompaniyasi bo‘lgani sababli, yurtdoshimiz ishtirokidagi jang ESPN dasturidan o‘rin oladi.
Eslatib o‘tamiz, G‘oyibnazarov Bob Arumga tegishli bo‘lgan,"Top Rank" promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega.
Fikrlar