Feliksga joy ochamiz! "Barsa" o‘z futbolchisini "Bavariya"ga o‘ta qimmat narxga sotadigan bo‘ldi

  • 09.10.2026 21:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Barselona» rahbariyati «Bavariya»dan tushishi mumkin bo‘lgan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Gap hozirda myunxenliklar bilan faol tarzda bog‘lanib kelayotgan Dani Olmo haqida ketmoqda.

The Touchline nashri xabar berishicha, kataloniyaliklar Olmo uchun «Bavariya» taklif qiladigan taxminan 80 million yevro atrofidagi miqdorni qabul qilishi mumkinligini inkor etmayapti.

Agar bunday bitim amalga oshsa, «Barselona» tushgan mablag‘ni himoya chizig‘ini kuchaytirishga, shuningdek, Olmoga nisbatan ancha arzonroq o‘rinbosar topishga yo‘naltirishi rejalashtirilmoqda.

Klub prezidenti Joan Laportaga hozir «An-Nasr» sharafini himoya qilayotgan Joau Feliks nomzodi ma’qul kelmoqda. Biroq bosh murabbiy Hans-Diter Flik hozircha bu variantga rozilik bermagan. Eslatib o‘tamiz, 2023/2024 yildgi mavsumda Felish «Barselona» safida ijarа asosida to‘p surgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!