Felish: "Qolish imkoniyati bo‘lsa, rad etmayman"

  • 10 fevral, 23:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joau Felish ijara muddati tugagandan so‘ng "Milan"da qolishni xohlayotganini ma’lum qildi. Bu haqda "TuttoMercato" nashri xabar berdi.

- Sizni ruxlantiruvchi futbolchi bormi?

Tecno

- Men uchun Kaka har doim shunday futbolchi bo‘lib kelgan. U bilan "Milan" haqida gaplashmagan bo‘lsam-da, o‘tmishda fikr almashganmiz. Kaka mening kumirim, biroq, o‘zimni u bilan taqqoslay olmayman. Men u kabi tarixga kirishga harakat qilaman.

- Siz tarixdagi eng yuqori maosh oluvchi portugaliyalik futbolchisiz. Bu haqda fikringiz qanday?

- Hozircha iyungacha ijaradaman. Voqealar rivojini birga kuzatamiz. Menga jamoadagi hamma narsa yoqyapti - klub, odamlar, sharoitlar. Meni juda yaxshi kutib olishdi. Eng muhimi, o‘zimni yaxshi his qiladigan joyda qolish.

Futbolda hamma narsa o‘zgarishi mumkin. "Milan"da qolish imkoniyati bo‘lsa, men buni rad etmayman.

- "Inter" ham sizga qiziqish bildirdimi?

- Ha, buni menga agentim aytdi. U "Inter" qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgandi. Biroq, men allaqachon "Milan" bilan muloqotni boshlagan va klubga o‘tish haqida o‘ylayotgan edim, - deya ta’kidladi "Chelsi"dan ijaraga olingan "Milan" yarim himoyachisi.

Ma’lumot uchun, Felish qishki transferlar oynasida "Milan" safiga ijara asosida kelib qo‘shildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakuniga qadar amal qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!