Felish Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynamoqchi

  • 17 dekabr, 2019, 15:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletiko” Madrid forvardi Joau Felish “Yuventus”dagi hamyurti Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash istagi borligini aytib o‘tdi.

Tecno

“Krishtianu menga doimo mehribon va u mening o‘yinlarimdan hayratlanadi. Men bolaligimda uning o‘yinlarini televizor orqali tomosha qilardim, u mening kumirim. Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bilmaydi, ammo  u bilan bir klubda o‘ynashni xohlardim”, - deydi Felish.

Eslatib o‘tamiz, Felish va Ronaldu hozirda Portugaliya terma jamoasi safida birga to‘p surishmoqda.

Ma’lumot uchun, Felish “Atletiko” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!