"Fenerbache" "Atletiko" futbolchisini ijaraga oldi

  • 26 yanvar, 2024, 12:48
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko"ning markaziy himoyachisi Chag‘lar Suyunju  2023/24 yilgi mavsumning qolgan qismini "Fenerbaxche"da o‘tkazadi.

Turk klubi "matraschilar" rahbariyati bilan 27 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga olish borasida kelishib oldi, deya xabar beradi insayder Fabritsio Romano.

Qayd etilishicha, kelishuvda sotib olish majburiyati yo‘q. Tez orada transfer e’lon qilinadi. Chag‘lar "Atletiko"da bor-yo‘g‘i olti oy o‘ynadi va Diego Simeone jamoasida barcha turnirlarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushdi. Avvalroq turkiyalik futbolchi besh yil davomida Angliyaning “Lester” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Fenerbaxche” Turkiya chempionati turnir jadvalida 22 turdan keyin 57 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!