"Fenerbahçe" hujumchi uchun harakatni boshladi!
"Fenerbahçe"da transfer ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. "Sariq-lochinlar" rahbariyati hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun jiddiy harakatni boshladi va ro‘yxatga bir-biridan muhim 4 nafar futbolchini kiritdi. Bu haqida turk OAV xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, forvardlar o‘rtasida raqobatni oshirish hamda chempionlik yo‘lida xatoga yo‘l qo‘ymaslikni istagan klub quyidagi nomzodlar bilan shartnoma imzolashi mumkin:
Vot Veghorst — Superligni yaxshi biladigan, irodasi va pressingi bilan tanilgan niderlandiyalik hujumchi yana Turkiyaga qaytishi kutilmoqda.
Kshishtof Pyontek — "Bashakshehir"dagi o‘yini orqali yana qayta tiklangan va "Gol mashinasi" laqabiga munosib bo‘lgan polshalik yulduz ro‘yxatning yuqori o‘rinlaridan joy olgan.
Deniz Gyul — "Portu" safida to‘p surayotgan yosh iqtidori. Mahalliy maqomga ega ekani va salohiyati bilan kelajak uchun ajoyib investitsiya bo‘lishi mumkin.
Eldor Shomurodov — jismoniy kuchi va havodagi ustunligi bilan ajralib turadigan o‘zbekistonlik forvard ham variantlar orasida.

Fikrlar