"Fenerbache" finaldagi qilmishi uchun jazolandi
Turkiya Superkubogi doirasida bo‘lib o‘tayotgan "Galatasaroy" - "Fenerbaxche" uchrashuvining 3-daqiqasida Ismail Kartal shogirdlari maydonni tark etdi.
Ilk daqiqada gol o‘tkazib yuborgan "Fenerbaxche" futbolchilari 3-daqiqada butun jamoa bo‘lib maydondan chiqib ketdi. Shuningdek, ular mazkur bellashuvga 19 yoshli futbolchilardan iborat jamoani tashlagandi. Jamoaga texnik mag‘lubiyat berildi. "Fenerbaxche" ushbu qilgan ishi uchun jazo oldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, turk grandi 115 ming evro jarima bilan jazolangan.
Turkiya chempionatining 31-turidan so‘ng "kanareykalar" 82 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. "Galatasaroy" 2 ochkolik farq bilan birinchi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar