
"Fenerbaxche" to‘purari A Seriya grandi bilan shartnoma imzoladi
“Fenerbaxche” forvardi Vedat Muriki faoliyatini “Latsio”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Transfermarkt tarqatgan xabarga ko‘ra, rimliklar 26 yoshli futbolchi uchun turk klubiga 18 mln evro to‘lagan. Muriki esa, A Seriya grandi bilan 5 yillik kelishuvga imzo chekkan.
Vedat o‘tgan mavsum “Fenerbaxche” safida Turkiya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 15 ta gol urib, jamoa to‘purariga aylandi. U Kosovo terma jamoasida 23 ta o‘yinda 8 ta gol urgan.
Fikrlar