
Ferdinand: “OAV nazarida futbolchilarning Amerikaga borishi ajoyib, lekin Ronalduning Saudiyaga yo‘l olgani sharmandalik”
Krishtianu Ronaldu erkin agent sifatida “Al-Nassr”ga o‘tdi. Uning sobiq jamoadoshi Rio Ferdinand ushbu transferlar haqidagi ayrim xabarlarga reaktsiya bildirdi.
“Runi, Bekxem, Lempard va Jerrard Amerikaga borganida, bu ularning faoliyatini yakunlash uchun ajoyib variant ekanini aytishardi. Ammo Ronalduning qarori sharmandalik va falokatga aylantirildi. Sababi, u Saudiyaga ketgan”, - dedi “Manchester Yunayted” afsonasi.
Portugaliyalik hujumchi tez orada yangi klub tarkibiga kelib qo‘shiladi.
Fikrlar