Fermin Lopes «El-Klasiko»da «Real»ning qaysi ikki futbolchisini ko‘rishni istamasligini aytdi
Muhammadqodir Ruzmatov
«Barselona» futbolchisi Fermin Lopes el-klasikoda «Real» tarkibida Tibo Kurtua va Kilian Mbappe o‘ynashiga qarshi ekanini aytdi.
«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jurnalistlar bilan suhbatda bo‘lajak «El-Klasiko»da «Real»ning qaysi ikki futbolchisi maydonga tushmasligini xohlashini ma’lum qildi.
Lopes Actu Foot nashriga bergan intervyusida madridliklarning ikki futbolchisini uchrashuvda ko‘rishni istamasligini aytdi. «Barselona» yarim himoyachisi belgilaylik darvozabon Tibo Kurtua ba’zan aql bovar qilmas seyvlar amalga oshirishi va jamoasiga ko‘p ochko olib kelishini ta’kidladi.
«Yana Kilian Mbappe bor. U natijaga ta’sir qiladi va ko‘p gol uradi. Agar imkonim bo‘lganida, ikkalasini ham olib tashlagan bo‘lardim», — dedi Lopes.

Izohlar (0)