Fernandes: "Budimirga nisbatan belgilangan penalti toʻgʻri qaror"
Sobiq hakam Pavel Fernandez Ispaniya chempionatining 25-turida "Real" va "Osasuna" oʻrtasidagi uchrashuvda belgilangan penalti vaziyatiga munosabat bildirdi.
34-daqiqada "Osasuna" hujumchisi Ante Budimir "Real" jarima maydonida darvozabon Tibo Kurtua bilan toʻqnashuvdan soʻng yiqildi. Dastlab bosh hakam Alehandro Kintero bu holatni simulyatsiya deb baholab, Budimirga sariq kartochka koʻrsatdi. Biroq videotakrorni koʻrib chiqqach, u qarorini oʻzgartirib, penalti belgiladi. Ante Budimir oʻzi 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirdi.
"Tibo Kurtua Ante Budimirning oyogʻiga bosib, uni yiqitadi. Jonli efirda, hatto ilk takrorlarda ham xorvat futbolchisi simulyatsiya qilgandek tuyuldi va shu sababli u sariq kartochka oldi.
Ammo koʻrsatilgan takrordan keyin hech qanday shubha qolmaydi. Bu — aniq penalti", — deb yozdi Fernandez.
Fikrlar