Fernandesh Evropaning grand klubiga o‘tishi mumkin!
Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh yaqin vaqtlarda jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda "Teamtalk" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Myunxenning "Bavariya" klubi 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan. Germaniya grandi yaqin vaqtlarda "Manchester Yunayted" rahbariyatiga rasmiy taklif taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Angliyaliklar esa Brunu Fernandeshni 46 million evro atrofida baholamoqda. Hozirgi holatda portugaliyalik xavbekning klub bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda Fernandesh 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Fikrlar