Fernandesh: "Hozir oshirib yubormaslik biz uchun juda muhim"
"Manchester Yunayted" APL'ning 25-turida "Tottenxem"ni o‘z maydonida qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdan so‘ng o‘yinda bitta gol urgan va "eng yaxshi futbolchi" sovrinini qo‘lga kiritgan Brunu Fernandesh o‘z fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
"G‘alaba qozonganimiz sari o‘zimizga bo‘lgan ishon ortib boraveradi. Ayni paytda fokusni saqlash va oshirib yubormaslik biz uchun juda muhim. Biz yana bir yoki ikkita gol urishimiz mumkin edi, lekin past blokka qarshi bu oson emas. Ular agressiya bilan ham harakat qilishdi va 10 kishi bilan bo‘lsa ham yaxshi himoyalanishdi".
Gol haqida: "O‘yinga nuqta qo‘yishmiz kerak edi. Biz maydonda nazoratni qo‘lga olgandik, lekin har qanday vaziyatda holat o‘zgarib ketishi mumkin. Ba'zilar meni gol urgan vaziyatimda ataylab bunday harakat qilmagan, deyishlari mumkin. Ammo men atayin shunday zarba berdim".
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" ketma-ket 4-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Keyingi raqib esa "Vest Xem".

Fikrlar