
Fernandu Santush: Qo‘shnilar bir-birlarini yaxshi bilishadi
Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush bugun bo‘lib o‘tadigan Ispaniyaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Bu klasik o‘yin bo‘ladi. Bizning ko‘p jihatarimiz o‘xshash. Biz geografik jihatdan qo‘shnimiz. Qo‘shnilar esa bir-birlarini yaxshi bilishadi va bu “jahon klasiko”si bo‘ladi. Bizda ham, ularda ham maqsad bitta – g‘alaba qozonish.
Ispaniya terma jamoasi juda tartibli jamoa. Biz Ispaniyaning kamchiliklarini qidirib topishga harakat qilamiz. Biz jismonan va ruhan bu o‘yinga tayyormiz.
Tarixni qayta yozib bo‘lmaydi va shu bois hozirgi payt haqida o‘ylash kerak. Biz ko‘pdan buyon ularni yuta olmay kelmoqdamiz va bu safar ushbu qora an’anaga barham bermoqchimiz. Oldimizda jiddiy raqib turibdi. Umid qilamanki ular ham mundialni yaxshi o‘tkazishadi”, - deydi Santush.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya – Portugaliya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Sochidagi “Fisht” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar