Asosiy mazmunga oʻtish

Avto/Moto

"Ferrari" poygachisi faoliyatini qaysi jamoada davom ettiradi?

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Unga 2 ta variant bor.

Mavsum yakunida shartnomasi tugaydigan Karlos Sayns hali ham faoliyatini qaysi jamoada davom ettirish haqida aniq bir to‘xtamga kelmadi. Hozirda Karlosga “Audi”dan taklif bor (“Audi” 2026-yilda “Zauber” o‘rniga qo‘shiladi).

Ammo, ispaniyalik poygachi “Audi”ning taklifini qabul qilishga shoshmayapti. Sababi, Sayns “Mersedes”dan taklif kutmoqda.
“Kumush o‘qlar” esa katta ehtimol bilan Xemilton o‘rnini yosh Kimi Antanelli bilan to‘ldiradi.

Autosport ma’lumotlariga ko‘ra, muxbirlar paddokda Saynsning “Uilyams” bilan muzokaralaridan xabardor bo‘lib qolishgan - agar britaniyaliklarning rejalari unga ishonarli bo‘lib ko‘rinsa, ispaniyalik bu variantga qiziqishi mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q