Feruza Kazakova g‘alabaga yaqin edi… Ammo bir qaror hammasini o‘zgartirdi!
Braziliyada davom etayotgan World Boxing kubogi doirasida -51 kgdagi vakilamiz Feruza Kazakova ham ilk jangini o‘tkazdi.
Unga eski tanishi germaniyalik Mahi Klotzer duch keldi. Ular “Strandja” turnirida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan va Feruza 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Bu safar ham jang qiziqarli va murosasiz kechdi. Referi Feruzani taqiq qilingan harakatlarni ko‘p qildi, deb topdi va 2 ochko olib tashladi. Afsuski ushbu omil vakilimizni mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi. Yakuniy hisob 0:5 ko‘rinish oldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Farzona Fozilova va Vissal Fahir (Marokash) to‘qnashuvi kutmoqda.

Fikrlar