Asosiy mazmunga oʻtish

FIDE: Sindarov yilning eng muhim uchrashuvi oldidan Gukeshdan ustunlikni saqlab turibdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Yil to‘qnashuvida kim yutadi?

Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov va hozirgi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommaraju oʻrtasidagi oʻzaro uchrashuvlar statistikasi eʼlon qildi. 

Bu haqida FIDE matbuot xizmati xabar berdi.

FIDE maʼlumotlariga koʻra, klassik shaxmatda Sindarovning ustunligi yaqqol koʻzga tashlanadi: shaxmatchilar oʻrtasidagi hisob Javohir foydasiga 2,5:0,5 koʻrinishini tashkil etmoqda. Yaʼni, uzoq vaqtli partiyalarda oʻzbekistonlik grossmeyster raqibini ishonchli tarzda ortda qoldirib kelmoqda.

Blits yoʻnalishida ham vaziyat Sindarov foydasiga — qisqa vaqtli oʻyinlarda u Gukeshni 2:0 hisobida magʻlub etgan. 

Rapidda (tezkor shaxmat) esa kichik ustunlik hindistonlik grossmeyster tomonida — bu formatda hisob 1:0 Gukesh foydasiga.

Eslatib oʻtamiz, Salesforce FIDE World Championship 2026 — jahon chempioni unvoni uchun asosiy match — 24 noyabrdan 12 dekabrga qadar Shveytsariyaning Jeneva shahrida boʻlib oʻtadi. 

Qiziqi shundaki, duel boshlanishiga kelib, har ikki grossmeyster ham 20 yoshda boʻladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q