
FIFA 2022 yilda urilgan eng yaxshi gol uchun beriladigan "Pushkash" sovriniga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi
Yilning eng chiroyli goli uchun beriladigan "Pushkash" mukofoti uchun muallif nomzodlar nomi ma’lum qilindi.
Erkaklar: Mario Balotelli ("Adana Demirspor"); Dimitri Payet ("Marsel"); Teo Ernandes ("Milan"); Alu Kyuol Avstraliya U23; Kilian Mbappe Frantsiya, (PSJ); Fransisko Gonsales ("Kordoba"); Marsin Oleksi ("Varta"); Richarlison; Braziliya, ("Tottenxem").
Ayollar: Amandine Anri ("Lion"); Salma Paralluelo ("Vilyarreal"); Alessia Russo Angliya.
Mukofotga nomzodlarni aniqlashda 2021-yil 8-avgustdan 2022 yil 18 dekabrgacha bo‘lgan davr hisobga olindi. FIFA saytida yilning eng yaxshi goli uchun ovoz berish mumkin.2021 yil oxirida ushbu mukofotni "Tottenxem" futbolchisi Erik Lamela olgandi.
Taqdirlash marosimi 2023 yil 27 fevralda bo‘lib o‘tadi. Bir vaqtning o‘zida "The Best" mukofoti g‘oliblari ham e’lon qilinadi.
Quyida O‘zbekiston yashil maydonlarida o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan Osiyo Kubogi turnirida urilgan gol videosini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar