FIFA hakamlarimiz OFK rekrutingida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi

  • 20.02.2023 15:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Joriy yilning 16-18 yanvar kunlari FIFA hakamlarimiz Rahimbek Karimov, Firdavs Norsafarov (erkaklar futboli), Oybek Kalaxo‘jaev (futzal) va Roziyabonu Yusupova (ayollar futboli) Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida OFK tomonidan tashkillashtiriladigan Hakamlar rekrutingi jarayonida ishtirok etishi ma’lum bo‘lgandi. 

Bugun OFK imtihonlar natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha belgilangan talablarni muvaffaqiyatli bajargan R.Yusupova OFK Elit ayol hakamlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa, R.Karimov, F.Norsafarov OFK nazoratchisi tomonidan uch bosqichli sinov bahslarida ishtirok etadigan bo‘lishdi.

                                                                                                                                            Manba: UzFHM

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!