FIFA Jahon chempionati ishtirokchilar sonini rekord darajada oshirmoqchi

  • 03.04.2026 00:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol

FIFA Jahon chempionatini 64 ta terma jamoagacha kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Touchline nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ushbu g‘oya 2030 yildagi mundialni rekord darajadagi ishtirokchilar soni bilan o‘tkazish maqsadida muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, futbolchilarga tushadigan yuklama ortishiga qaramay, tashabbus asta-sekin ommalashib bormoqda.

Ma’lumot uchun, 2030 yildagi Jahon chempionati bir vaqtning o‘zida olti davlatda — Portugaliya, Ispaniya, Marokash, Argentina, Urugvay va Paragvayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu turnir ilk mundialning 100 yilligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
998913335306
03/04/2026 06:20
Мундиални нуфузи хам расво булар эканда. Ундан кура Испания ла лигаси кизикарли булади