FIFA jahon chempionati uchun yangi taqiq kiritdi

  • 05.06.2026 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA rahbariyati AQSh, Kanada va Meksikada o'tadigan 2026 yildgi jahon chempionati uchrashuvlarida muxlislarga stadionga plastik suv idishlarini olib kirishni taqiqaldi.

Turnir davomida stadionga suv solingan plastik idishlarni olib kirish mumkin bo‘lmaydi. Ushbu o‘zgarish FIFA reglamentiga tribunalaridan maydonga turli buyumlarni otish oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan jarohatlar xavfini kamaytirish maqsadida kiritildi.

Bu taqiqga qadar hajmi bir litrgacha bo‘lgan shaffof plastik idishlarni stadionga olib kirishga ruxsat berilgan edi.

- Biz barcha futbolchilar, hakamlar, muxlislar, ko‘ngillilar va xodimlarning sog‘ligi hamda xavfsizligini himoya qilishga intilamiz. FIFA har bir shahar tashkiliy qo‘mitasi va mahalliy hokimiyatlar bilan stadionlarga keladigan muxlislar uchun harorat ta’sirini kamaytirish choralari bo‘yicha yaqin hamkorlik qilmoqda.

Bu choralar tumanlatish stantsiyalari, ventilyatorlar, ichimlik suvi nuqtalari, sovutish palatkalari va stadion hududidagi boshqa qulayliklarni o‘z ichiga olishi mumkin, - deyiladi FIFAning rasmiy bayonotida.

Yangi taqiq faqat suv solingan plastik idishlarni tashqaridan olib kirishga taalluqli. Stadion ichida esa tomoshabinlar uchun maxsus ichimlik sotiladigan savdo nuqtalari tashkil etiladi va u yerdan suv xarid qilish mumkin bo‘ladi.

FIFA ma’lum qilishicha, stadionlarda sotiladigan suv narxi barcha arenalarda bir xil bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!