FIFA JCh-2026 byudjetini qisqartirdi

  • 10.03.2026 19:59
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

FIFAning 2024-yilgi yillik hisobotida 2023 yildan 2026 yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz qilingan byudjet taqdim etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, jahon chempionatini o‘tkazish uchun operatsion xarajatlar 1,12 milliard dollarni, mukofot to‘lovlari va televizion operatsiyalarni o‘z ichiga olgan umumiy byudjet esa 3,756 milliard dollarni tashkil etadi.

Operatsion xarajatlar sifatida "texnik xizmat ko‘rsatish" uchun 280 million dollar, transport uchun 159 million dollar, qo‘riqlash uchun 145 million dollar va mehmonlar bilan ishlash uchun 79 million dollar ajratish rejalashtirilgan edi.

Biroq, The Athletic nashrining to‘rtta manbaga tayanib xabar berishicha, xarajatlar 100 million dollardan ko‘proqqa qisqartirilgan. Bu haqida FIFAning Shveytsariyadagi bosh qarorgohidan tegishli ko‘rsatma kelib tushgan.

"FIFA imkon qadar ko‘proq daromadni butun dunyo bo‘ylab futbol rivojiga sarmoya qilish uchun xarajatlar ustidan nazoratni ta’minlash maqsadida byudjet samaradorligini doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqadi. Bu hech kimni ajablantirmasligi kerak, chunki odatda barcha turnir va tadbirlarimiz oldidan byudjet qayta ko‘rib chiqiladi.

Byudjet samaradorligining oshishi FIFAdagi prezidentlik saylovlari bilan bog‘liqligi haqidagi bayonotlar g‘irt uydirmadir", - deya vaziyatga izoh berdi tashkilot vakili.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!