FIFA La Liga klubiga transfer bo‘yicha taqiq qo‘ydi

  • 13.02.2026 16:37
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

FIFA Bilbaoning "Atletik" klubiga nisbatan keskin sanktsiyalar qo‘lladi va La Liga klubiga eng yaqin 3 ta transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqlandi. Bu haqida FIFA o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

Manba ma’lumotiga ko‘ra, "Atletik" bir necha bor belgilangan qoidalarni va moliyaviy talablarni buzgani aniqlandi. Shu bois FIFA ispan klubiga 2028 yilning yanvarigacha transfer amalga oshirishni taqiqlab qo‘ygan.

Ma’lum bo‘lishicha, "Atletik" ushbu qarordan so‘ng o‘z futbolchilarini sotmaslikka qaror qildi. Klub rahbariyati transfer taqiqdan so‘ng hozirgi  tarkibni saqlab qolishga harakat qilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Bilbao klubi La Liga turnir jadvalida ayni vaqtda 23 ta uchrashuvda 28 ochko jamg‘argan holda 10-pog‘onani band qilib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!