FIFA Messi haqidagi postni o‘chirib yubordi
FIFAning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy akkaunti Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin u haqida yozilgan "futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchi" postini o‘chirib tashladi.
"Tarixdagi eng buyuk futbolchi haqidagi bahslar tugadi. Leo qabul qilib olgan jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi sovrini uning kollektsiyasini to‘ldirib turibdi. Buyuklik cho‘qqisi zabt etildi va endi munozaralar tugadi", deyiladi postda. Xabar ostidagi izohlarda Krishtianu Ronalduning ko‘plab muxlislari salbiy fikrlarni qoldirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Argentina JCh-2022 finalida Frantsiyani mag‘lub etdi (3:3, pen – 4:2) va 36 yil ichida ilk bor chempion bo‘ldi. Messi ushbu uchrashuvda ikkita gol urdi (23, 108-daqiqalar) va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
Fikrlar