FIFA muxlislar tanqididan so‘ng "JCh-2026" chiptalarini keskin arzonlashtirdi
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) muxlislar noroziligi ortidan 2026 yilgi Jahon chempionati ayrim chiptalar narxini 60 dollarga tushirdi. Bu haqda ESPN nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Evropa muxlislar tashkiloti (FSE) FIFAdan yuqori narxlar tufayli milliy assotsiatsiyalarga ajratilgan chiptalarni sotishni to‘xtatishni talab qilgandi.
Yangi chiptalar faqat mundialda ishtirok etadigan jamoalarning muxlislari uchun ajratiladi va har bir mamlakatga taqdim etilgan chiptalarning taxminan 10 foizi arzon narxlarda sotiladi. Shu tariqa, final uchrashuvi chiptalarining bir qismi 4185 dollar o‘rniga 60 dollardan xarid qilinishi mumkin.
Ma’lumot uchun, turnir 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha AQSh, Meksika va Kanada davlatlarida o‘tkaziladi.
Fikrlar