FIFA O‘zbekiston futbolining 2025 yildagi eng yorqin lahzasini so‘radi
FIFA rasmiy sahifasi yakuniga yetib borayotgan 2025 yil Oʻzbekiston uchun qanday kechgani yuzasidan savol yoʻlladi.
“Oʻzbekiston! 2025 yil yakunlanar ekan, oʻtgan yil davomida futbolingizdagi eng yorqin lahza qaysi boʻldi?”
OFA esa ushbu savolga quyidagicha javob berdi.
"Unda tarixiy Jahon chempionati yoʻllanmasi, U-17 terma jamoamizning Osiyo chempioniga aylangani hamda U-20 Jahon chempionati mezbonligi qoʻlga kiritilgani alohida taʼkidlab oʻtildi."
Maʼlumot uchun, oʻz tarixida ilk bor mundialda ishtirok etadigan “oq boʻrilar” “K” guruhida Portugaliya, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya / Yamayka / Kongo terma jamoalaridan biri bilan bahs olib boradi.
Fikrlar