FIFA O‘zbekistonning yana bir klubiga 3 ta transfer oynasigacha taqiq qo‘yishi mumkin

  • 30.10.2020 17:55
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Klublarimiz va legionerlar o‘rtasidagi qarzdorlik masalasi ko‘pincha FIFAgacha etib boradi. Yakunda futbolchi haq, klubga esa qandaydir sanktsiya yoki jarimalar qo‘llaniladi. Bu safar ham shunday bo‘lishi mumkin. Bu haqda PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.

- FIFA "Surxon" futbol klubiga 45 kun muhlat berdi. Ulgurilmasa, klubga 3 ta transfer oynasigacha bo‘lgan taqiq qo‘yiladi.

"Surxon" futbol klubi serbiyalik futbolchi Vladimir Bubanya ishi uchun tovon to‘lashi kerak bo‘ladi. Uning qarzda qolib ketgan maoshi umumiy 28 ming dollardan oshiqroq hisoblab berilgan. Vaqtida to‘lanmagan har holat uchun +5 foizdan penya to‘lanadi.

Shuningdek, klub shartnoma shartlarini vaqtida bajarmagani hamda futbolchi uni bir tomonlama bekor qilishga majbur bo‘lgani uchun "Surxon" 46 ming dollarga yaqin kompensatsiya puli to‘lab beradi. Vaqtida to‘lanmagan har holat uchun u ham +5 foizdan penya yozadi.  

FIFA o‘zimizning so‘mda ham to‘lanishi kerak bo‘lgan summa haqida ogohlantirgan, u 4,4 million so‘mni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun. Vladimir Bubanya barcha ishni reglament bo‘yicha to‘g‘ri bajardi. U klubni ikki marta yozma ravishda ogohlantirdi, ikkinchisida O‘zPFLni ham bundan xabardor qildi. Shundan so‘ng, shartnomani bekor qildi. Klub esa futbolchi hamda O‘zPFL xatlariga qaramay, ishni o‘z vaqtida hal qila olmadi, - dedi Diyor Imomxo‘jaev.

Avvalroq, "Sho‘rtan" jamoasi sobiq murabbiylar oldidagi qarzdorlikni bartaraf qilmagani bois FIFA tomonidan ogohlantirilgandi. Biroq muammoni hal qilishga berilgan vaqtda ham qarzdorlik qolib ketdi. Shu bois, endi g‘uzorliklar qishki transfer oynasida futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib ololmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
30/10/2020 20:20
Утмай колган макалатуралар учун Узбегим товон тулаб юравкради Диёр эса хурсанд булиб тураверади
&
31/10/2020 12:55
Нма клиш керак унда уйнатиб пулини бермаслик керакми? Шартномани уша этивотган Узбегим хам имзолайди