FIFA o‘zining sobiq rahbarini baribir tinch qo‘ymayapti

  • 03.05.2020 12:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

FIFA tashkilotning sobiq prezidenti Yozef Blatterga qarshi jinoiy ishni yopmaslikni so‘rab Shveytsariya prokuraturasiga murojaat qildi. Bu haqda RTE xabar bermoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, aprel oyida Blatterga nisbatan jahon chempionati translyatsiyasini sotish bo‘yicha ochilgan jinoiy ish yopilgani haqida e’lon qilingan edi.

“Biz tergovni davom ettirishni so‘rab Shveytsariya prokuraturasiga rasmiy ariza bilan murojaat qildik. FIFA barcha aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun huquqiy sohadagi hamma ishni qiladi”, - deyiladi FIFA bayonotida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!