FIFA qo‘shnilarimizni jazolashi mumkin

  • 09.10.2024 18:48
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Malta va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi hali aniq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor qilingan edi. Biroq, maltaliklar xabar berishicha, turkman terma jamoasi hukumat tomonidan Evropaga borishi bekor qilingan.

FIFA qoidalariga ko‘ra, Xalqaro futbol federatsiyasi mamlakatlar hukumati futbolga aloqador ishlarga aralashishni man etadi. Shu sababli, Turkmaniston FIFA tomonidan jazolanishi mumkin. Biroq, yuqorida ma’lum qilganimizdek bu vaziyat hali to‘liqligicha oydinlashmagan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ikki terma jamoa o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish UEFA va OFK konfederatsiyalari tomonidan ma’qullangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
09/10/2024 20:01
Нимага Элдорни расмини ку́йгасиз