“FIFA Series 2026” musobaqasida bir jamoa qatnashmaydigan bo‘ldi
Quvayt milliy terma jamoasi Qozogʻistonda boʻlib oʻtadigan "FIFA Series 2026" xalqaro oʻrtoqlik turnirida ishtirok etmaydi. Bu haqida Sports.kz nashri KazFootball.kz manbasiga tayanib xabar berdi.
Dastlab ushbu turnirda toʻrtta jamoa — Qozogʻiston, Quvayt, Komor orollari va Namibiya terma jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan edi. Biroq Quvayt terma jamoasi qatnashishdan bosh tortganidan soʻng, musobaqada uchta jamoa qoldi. Endi ular oʻzaro aylanma tizimda bahs olib boradi.
Qayd etilishicha, Qozogʻiston terma jamoasi ilk uchrashuvini 25 mart kuni oʻtkazadi. Ushbu bahsda ularning raqibi Namibiya terma jamoasi boʻladi. Uchrashuv "Astana Arena" stadionida boʻlib oʻtadi.
Eslatib oʻtamiz, "FIFA Series 2026" musobaqasi oʻyinlarini Oʻzbekistonda ham oʻtkaziladi.
Fikrlar