FIFA The Best tantanali marosimini bekor qildi, "Oltin to‘p"chi?
FIFA bu yil The Best FIFA Football Awards an’anaviy taqdirlash marosimini o‘tkazmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli 2020 yilda The Best mukofoti topshirilmaydi. Ta’kidlash kerakki, bu yil FIFA sha’feligidagi faqatgina bitta musobaqa hozircha qoldirilmadi xolos. Bu ham bo‘lsa, dekabr oyida o‘tkaziladigan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidir.
“Oltin to‘p” sovrini haqida gapiradigan bo‘lsak, France Football nashri hozircha bu borada biron bir yangilik e’lon qilmadi.
The Best sovrini 2019 yilda “Barselona” forvardi Lionel Messiga berilgan edi.
Fikrlar