FIFA Vinisius va Prestianni voqeasidan keyin futbolda yangi qoida joriy etishi mumkin
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) "Prestianni qonuni"ni joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. FIFAning tegishli qo‘mitasi raqibni haqorat qilayotganda og‘zini yopgan futbolchilarni jazolash masalasini muhokama qiladi. Bu haqida Marca xabar bermoqda.
Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi "Benfika" - "Real" (0:1) uchrashuvi vaqtiida lissabonliklar vingeri Janluka Prestianni va "qaymoqranglilar" hujumchisi Vinisius Juniyor o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bir payt Prestianni futbolka bilan og‘zini yopib, braziliyalik futbolchiga murojaat qildi. O‘yindan so‘ng, Prestianni Vinisiusni irqiy sabablarga ko‘ra haqorat qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Fikrlar