FIFAda Erondagi vaziyat fonida qanday munosabat bildirdi?
FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom Yaqin Sharq mintaqadasidagi, xususan, Erondagi keskin harbiy vaziyat fondida “JCH-2026” xavfsizligi haqidagi savolga javob berdi.
- Men ham sizlar kabi Eron haqidagi xabarlarni o‘qidim. Bugun yig‘ilish o‘tkazdik, hozircha batafsil izoh berishga erta, ammo dunyodagi barcha voqealar rivojini kuzatamiz.
Vashingtonda final bosqichi qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va barcha jamoalar ishtirok etdi. Endi asosiy vazifamiz — barcha ishtirokchilar uchun jahon chempionatini xavfsiz o‘tkazish.
Biz har doimgidek mezbon uch mamlakat hukumatlari bilan aloqani davom ettiramiz,- dedi Grafstryom.
2026 yildagi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi. Eron terma jamoasi mundialning “G” guruhidan chiqish uchun Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya milliy terma jamoalari bilan kuch sinashishi lozim. Bu uchala o‘yin AQSh hududida o‘tkazilishi kerak.
Eron futbol federatsiyasi yuzaga kelgan vaziyat sababli jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar