FIFAning taqiqi "Chelsi"ga Kovachich va Iguain bilan shartnoma imzolashga xalaqit bermaydi

  • 17.05.2019 17:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Chelsi"  klubi rahbariyatida “Real” yarim himoyachisi Mateo Kovachich va “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguain bilan to‘laqonli shartnoma imzolashga ishonch paydo bo‘ldi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, FIFA tomonidan “aristokratlar”ga yaqin 2ta transfer oynasida yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlab qo‘yilgan. Biroq, londonliklar Kovachich va Iguainni sotib olib, ushbu taqiqni buzmasliklariga ishonishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik va argentinalik futbolchilar ayni damda mavsumni ijara asosida “Chelsi”da o‘tkazishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!