
Figu Bellingemning "Real"da ko‘rsatayotgan o‘yinlari haqida gapirdi
"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Luish Figu angliyalik Jud Bellingemning "qirollik klubi"dagi faoliyatini ijobiy baholadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli yarim himoyachi Ispaniya La Ligasining dastlabki to‘rt turida 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Bellingem juda kuchli boshladi va “Real”ga tezda moslashdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, u allaqachon sayyoramizning eng yaxshi futbolchilaridan biri, bu shubhasiz. Bularning barchasi u ko‘rsatayotgan iste’dod va xulq-atvor tufayli", - deya Figuning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Bellingemni o‘tgan yozda Dortmundning “Borussiya” klubidan 103 million evro tovon puli evaziga xarid qildi.
Fikrlar