Figu Messi haqida: "Biror joyda bo‘lishni istamasang, hech narsa seni ushlab tura olmaydi"

  • 14.11.2020 20:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Luish Figu jamoa afsonasi Lionel Messi va klub o‘rtasidagi ziddiyat haqidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Men Messining "Barselona"dan ketishga urinishini barcha futbol ishqibozlari singari kuzatdim. Uning bu qarorga kelishining o‘ziga xos sabablari borligi aniq. Ammo ular o‘rtasida nimalar bo‘lganini bilmayman.

Har qanday klub Messi kabi futbolchisi bo‘lishini istaydi. Ammo barchasi jamoaning moliyaviy holati, transfer va maosh xarajatlari, futbolchining shaxsiy istaklari kabi omillarga bog‘liq. Biroq agar sen biror joyda bo‘lishni istamasang, hech narsa seni ushlab tura olmaydi".

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!