
Figurali uchish: Sportchilarimiz qishki Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga ega bo‘ldi
AQShning Boston shahrida figurali uchish bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tgan jahon chempionatining so‘nggi kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Chempionatning juftlik yo‘nalishidagi erkin dastur bellashuvlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Ekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev 120.68 ochko qo‘lga kiritib, musobaqani 183.01 ball bilan 10-o‘rinda yakunladi va 2026 yil Italiyaning Milan va Kortina-D’Ampetstso shaharlarida bo‘ladigan XXV qishki Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamiz a’zolarining jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki tufayli O‘zbekiston vakillariga sentyabr oyida Pekinda o‘tadigan litsenzion turnirda yana bir yo‘llanma uchun kurash olib borish imkoniyati taqdim etildi.
Fikrlar