
Fijida qahramonlik ko‘rsatgan og‘ir atletikachilarimiz munosib kutib olindi
1-8 iyun kunlari Fijining Suva shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida navbatdagi jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz 2 sportchi bilan ishtirok etib, 100 foizlik natija qayd etdi. Musobaqada qatnashgan polvonlarimiz Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo‘raev (-109 kg) dast va siltab ko‘tarish, shuningdek, ikki kurash bo‘yicha ham barcha oltin medallarni o‘z hisoblariga yozdirib, jahon chempionatida jami 6 ta oltin medalga sazovor bo‘lishdi. E’tiborlisi, musobaqa yakuni bo‘yicha erkaklar o‘rtasida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladik.
Mazkur musobaqada qatnashgan qahramonlarimiz biroz avval Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida bo‘lib o‘tgan tantanali kutib olish marosimida Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi vakillari, shuningdek, OAV xodimlari va ko‘p sonli sport muxlislari ishtirok etishdi.
Manba: olympic.uz
Fikrlar