Fil Foden "Manchester Siti" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin
"Manchester Siti"ning hujumkor yarim himoyachisi Fil Foden klub bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin. Bu haqida "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, xalqaro tanaffus davomida "shaharliklar" futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasidagi harakatlarni kuchaytirgan. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar allaqachon o‘tkazilgan va Fodenga uzoq muddatli bitim taklif qilingan.
Garchand futbolchiga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, "Manchester Siti" ichida shartnoma mavsum yakuniga qadar uzaytirilishiga ishonch yuqori.
Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha musobaqalar doirasida 41 ta o‘yinda ishtirok etib, 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fodening klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Fikrlar