Filip Xrgovich Dyubuaning asosiy muammosini aytdi
Xorvatiyalik bokschi Filip Hrgovich navbatdagi raqibi Daniel Dyubua haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"U ikki marta taslim bo‘ldi. Bu jangchi uchun yaxshi emas, lekin baribir men uni kuchli bokschi, deb hisoblayman, ba’zi janglarda buni ko‘rsatdi xam. Menimcha, Dyubuaning zarbalarida muammo bor ya’ni ular kuchli va aniq emas. Shuningdek, bu bokschi raqib zarbalarini unchalik ham ko‘tara olmaydi. Agar ringdagi vaqtimizda unga bosim o‘tkazsam, Daniel uzoqqa bormaydi", – dedi Xrgovich.
Eslatib o‘tamiz, Xrgovich(17-0, 14 KO)ning Dyubua(20-2, 19 KO) bilan jangi 1 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar