Final uchun chiptalar narxi qanchadan bo‘ladi?
Xabaringiz bor, 19 iyun kuni U23 Osiyo chempionatining final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushadi.
Xabarlarga qaraganda, ushbu jamoalar o‘rtasidagi hal qiluvchi o‘yin uchun chiptalar bugun tushdan so‘ng sotuvga chiqariladi. Chiptalar sektoriga qarab 100, 50 va 25 ming so‘mdan sotilishi rejalashtirilgan.
Chiptalar haqidagi batafsil ma’lumot O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.
Chiptalarni iticket.uz sayti orqali elektron tarzda ham xarid qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuv 19 iyun kuni poytaxtimizdagi "Bunyodkor" stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Fikrlar